Ommaviy oferta

Ommaviy oferta (shartnoma)

(19.02.2021 yildagi tahrir)

1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. O’zbekiston Respublikasi, 150100, Farg’ona shahri, Sayilgoh, 18/2, 2 manzili bo’yicha joylashgan (Invest Finance Bank Fargʻona viloyat filiali, hisob raqami № 2020 8000 5051 7764 0001, MFO: 01128, STIR: 307 123 474, OKED: 62010), kelgusida «virtualdars.uz» deb nomlanadigan «ITEACH ACADEMY» Mas’ulyati cheklangan jamiyat, quyida berilgan shartlarga muvofiq ​(bundan keyin Shartnoma tomonlari deb birgalikda nomlanadi) quyida keltirilgan xatti-harakatlarni bajarish yo’li bilan ushbu Shartnomani qabul qiluvchi jismoniy shaxslarga ​(bundan keyin «foydalanuvchi») ​ ga o’quv materiallarini onlayn taqdim etish xizmatlarini ​(bundan keyin - «onlayn o’quv kursi») ​ ni taqdim etadi.
1.2. Ushbu Ommaviy oferta dasturlashni o’rganish bo’yicha o’quv materiallarini onlayn taqdim etish xizmati bo’yicha tuzilgan shartnoma hisoblanadi. Bundan keyin matn bo’yicha Shartnoma (ushbu shartnoma) va Oferta (ushbu oferta) atamalari bir xil ahamiyatga ega.
1.3. Ommaviy oferta shartlari, shartnoma tomonlari rioya qilishlari kerak bo’lgan boshqa talablar - onlayn o’quv kursining qoidalari hisoblanadi.
1.4. virtualdars.uz saytida foydalanuvchi sifatida ro’yxatdan o’tish jarayonida internetda http://virtualdars.uz/home/privacy_policy manzilida joylashgan ommaviy oferta shartlarini qabul qilgan (aksept) vaqtdan boshlab shartnoma kuchga kirgan hisoblanadi.

2. ATAMALAR

2.1. virtualdars.uz onlayn o’quv kursi bo’yicha xizmat ko’rsatish uchun tuzilgan mazkur shartnomada qo’llangan atamalar quyidagicha tushuniladi:
«Shartnoma» - ​ ​ virtualdars.uz onlayn o’quv kursi bo’yicha xizmat ko’rsatiluvchi amaldagi ushbu ommaviy oferta tushuniladi. Oferta matni ​internetdagi http://virtualdars.uz/home/privacy_policy manzilida joylashtirilgan.
«Ariza» – ​Foydalanuvchining virtualdars.uzdagi shaxsiy kabineti, ro’yxatdan o’tgan elektron pochtasi orqali qilgan murojaatlari.
«virtualdars.uz»​ ​- Fanlarni onlayn o’rganishga mo’ljallangan o’quv materiallari joylashgan veb sayt.
«O’quv kursi» - ​Video, audio visual, matn fayllar tarzida bitta mavzu va nom bilan birlashtirilgan o’quv materiallarining to’plami. O’quv kurslar tavsifi saytda taqdim etiladi. O’quv kurslari tarkibiy o’zgatirib borilishi mumkin.
«Shaxsiy kabinet» - ​Foydalanuvchining virtualdars.uz saytida ro’yxatdan o’tishi natijasida shakllangan, himoyalangan sahifalar to’plami. Oferta shartlari doirasida sayt funksiyalaridan foydalanishi mumkin bo’lgan sahifa. Shaxsiy kabinetga kirish foydalanuvchining saytda kirishda ko’rsatgan ma’lumotlari (login va parol) asosida amalga oshiriladi.
«O’quv materiallari» - ​o’quv kurslari tarkibidagi axborot va boshqa materiallar (ilmiy ishlar, audiovizual ma’lumotlar, video ma’ruzalar va h.k.) intellektual faoliyat natijalaridir. Ko’rsatilgan materiallarga nisbatan intellektual huquq «ITEACH ACADEMY» MChJga tegishlidir.
«Foydalanuvchi» - ​internetda http://virtualdars.uz/home/privacy_policy manzili bo’yicha joylashgan ofertaning shartlarini qabul qilgan va saytda ro’yxatdan o’tgan jismoniy shaxs.
«Sayt» - ​virtualdars.uz domen hududida joylashgan, o’zida ma’lumotlar, matnlar, grafik elementlar, dizayn, tasvir, foto va videomateriallar, intellektual faoliyatning boshqa natijalarini jamlagan materiallar to’plami.
«ITEACH ACADEMY» MChJ - ​yuridik shaxs sifatida O’zbekiston Respublikasida bo’yicha ro’yxatdan o’tgan, virtualdars.uz loyihasining huquqiy muallifi hisoblangan muassasa. “ITEACH STUDY”, “ITEACH SOFT”, “VIRTUALDARS.UZ” kabi qisqarma so’zlar, jumlalar bir xil va bunda «ITEACH ACADEMY» MChJ tushuniladi. Manzil: Farg’ona sh. Sayilgoh, 18/2, 2-uy. Tel.: (+99897) 956 65 55.
«Tomonlar» - ​Foydalanuvchi va virtualdars.uz xizmati.
«Hisob» - ​ko’rsatilgan xizmat va topshirilgan mahsulot (o’quv materiallari) haqini to'lash uchun taqdim etilgan, shaxsiy kabinetdan yoki foydalanuvchining ro'yxatda o’tish vaqtidagi elektron pochtasiga yuborilgan to’lov xabarnomasi.
«Xizmatlar» - ​virtualdars.uz saytida dasturlashni o’rgatish bo’yicha o’quv materiallarini onlayn taqdim etish va shu sayt orqali ko’rsatiladigan boshqa xizmatlar.
2.2. Atamalar bo’yicha tushunmovchilik yuzaga kelganda O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari va Internetning texnik talablariga muvofiq hal qilinadi.

3. SHARTNOMA TUZISH TARTIBI

3.1. Shartnoma, yani ommaviy ofertaning matni internetdagi http://virtualdars.uz/home/privacy_policy manzilida doimo mavjud bo’lib, saytda ro’yxatdan o’tish vaqtida ko’rish va tanishish lozim bo’ladi. Shartnoma matni O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 369-moddasiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi.
3.2. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 370-moddasiga asosan foydalanuvchi tomonidan quyidagi harakatlarning amalga oshirilishi Mazkur taklifni to’laligicha qabul qilish hisoblanadi:
3.2.1. virtualdars.uz saytida ro’yxatdan o’tish;
3.2.2. Tanlagan o’quv kursi uchun to’lovni amalga oshirish.

4. SHARTNOMA PREDMETI

4.1. virtualdars.uz​ foydalanuvchining arizasiga binoan, tanlangan onlayn o’quv kursining tavsifida ko'rsatilgan miqdorda va vaqt oralig’ida xizmat ko'rsatishni va foydalanuvchi bunday xizmatlarni qabul qilish va to'lovni amalga oshirish majburiyatini zimmasiga oladi.

5.TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

5.1. Foydalanuvchi quyidagi huquq va majburiyatlarga ega:
     5.1.1. To’lovni amalga oshirib sotib olgan onlayn o’quv materiallaridan belgilangan vaqt davomidan foydalanish huquqiga ega.
     5.1.2. Ushbu Oferta shartlari bilan tanishish va ularga rioya qilish;
     5.1.3. Onlayn o’quv kursi materiallarini qonunga qarshi maqsadlarda ishlatmaslik, virtualdars.uz bilan o‘zaro bog‘liq uchinchi shaxslarga zarar yetkazadigan harakatlarni bajarmaslik, shuningdek o‘zining qurilmasidagi dasturiy ta‘minotni, o’quv materiallarini tarqatmaslik va tarqatishga imkon yaratmaslik, foydalanuvchi ma’lumotlarini soxtalashtirmaslik, dasturiy ta‘minotning, saytning normal ishlashiga to‘sqinlik qiluvchi harakatlarni amalga oshirmaslik;
     5.1.4. Onlayn o’quv kursini to’liq o’tishi;
     5.1.5. Belgilangan muddatgacha uy vazifalarini bajarishi va tekshirishga topshirishi kerak;
     5.1.6. O’quv kursini o’zlashtirayotgani bo’yicha tekshiruv testlarini muvaffaqiyatli topshirishi kerak.
     5.1.7. O’quv kursi materiallaridan faqat yakka o’zi ta’lim olish maqsadida foydalanishi;
     5.1.8. Uchinchi shaxslarga topshirishi yoki boshqa oferta qoidalarini buzuvchi maqsadlarda foydalanmasligi.
     5.1.9. Oferta, saytdan foydalanish bo’yicha Yo’riqnoma talablariga to’liq amal qilish.
     5.1.10. Foydalanuvchi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va ushbu Shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
5.2. virtualdars.uz xizmati quydagi huquq va majburiyatlarga ega:
     5.2.1. Ofertada va o’z saytida ko’rsatilgan xizmatlarni taqdim etishi.
     5.2.2. Onlayn o’quv kurslaridan foydalanuvchilarga xizmatlarni ko’rsatish chog’ida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish choralarini ko’rishi;
     5.2.3. Foydalanuvchilarga xizmatlardan foydalanish, bu xizmatlar uchun hisob-kitoblar, xizmat sifati masalalari yuzasidan maslahat berilishini uyushtirishi;
     5.2.4. Foydalanuvchining shaxsiy ma‘lumotlarini muhofaza qilish uchun zarur choralar ko’rishi va ma‘lumotlarning konfidentsialligini ta‘minlashga qaratilgan qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablarga rioya qilishi shart.
     5.2.5. Shuningdek, O’zbekistan Respublikasi qonun hujjatlarida va ushbu Shartnomada ko’zda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.

6. XIZMAT KO’RSATISH TARTIBI

6.1. Ommaviy oferta foydalanuvchi tomonidan qabul qilinib, ro’yxatdan o’tgan va to’lovni amalga oshirgan vaqtdan boshlab sayt o’quv materiallaridan foydalanish imkoniyati beriladi.
6.2. virtualdars.uz ko’rsatilgan xizmatlarni faqatgina sayt, shaxsiy kabinet va o’quv kursiga tegishli boshqa dasturiy ta’minotlar orqali taqdim etadi.
6.3. O’quv kursining materiallariga virtualdars.uz xizmati tomonidan o’zgartirishlar, qo’shimchalar kiritilishi mumkin. Sayt orqali xizmat ko’rsatish quyidagilardan iborat:
     6.3.1. virtualdars.uz tomonidan belgilangan miqdorda video darslar joylash, kerakli vaqtda vebinarlar o’tkazish;
     6.3.2. virtualdars.uz tomonidan onlayn o’quv kursi bilan bog’liq boshqa harakatlar, jumladan:
     - kurs doirasida foydalanuvchiga berilgan topshiriqlar (task)ning bajarilishini tekshirish va baholash;
     - kurs doirasida foydalanuvchiga maslahatlar berish.
6.4. Xizmat ko’rsatish muddati:
     6.4.1. Har bir o’quv kursi tarkibi, tavsifi va miqdori o’ziga xos bo’lishi mumkin. Va bu ma’lumotlar veb saytda ko’rsatilgan bo’ladi, o’zgarib turishi mumkin.
     6.4.2. Bir marta qilingan to’lov tanlangan o’quv kursidan 12 oy davomida foydalanish huquqini beradi. Vaqtni hisoblash kalendar kun va soatlarda hisoblanadi. Masalan, 2020 yil 10 may soat 20:00da to’lov qilinib o’quv kursi sotib olingan bo’lsa, bu o’quv kursining muddati 2021 yil 10 may soat 20:00da tugaydi.
     6.4.3. virtualdars.uz veb saytida dasturlashni onlayn o’rganish bo’yicha o’quv kursalari doimo, 24 soat ish tartibida bo’ladi. Saytdan foydalanish vaqtini foydalanuvchi o’zi erkin belgilaydi.
     6.4.4. virtualdars.uz yordam xizmati xodimlarining ish vaqti haftaning dushanba-juma kunlari, soat 9:00-18:00, ​UTC/GMT +​ 5 Toshkent mintaqasi vaqti.
6.5. Agar foydalanuvchi murojaat qilgan bo’lsa virtualdars.uz foydalanuvchiga onlayn o’quv kurslari bo’yicha qo’shimcha xizmatlarni ko’rsatishi mumkin, foydalanuvchi esa bunday xizmatlar uchun qo’shimcha pul to’lash majburiyatini oladi.
     6.5.1. Qo’shimcha xizmatlar ko’rsatish narxi va muddatlari xizmat tomonidan saytdagi xabarlarda yoritiladi.

7. MOLIYAVIY SHARTLAR

7.1. virtualdars.uz onlayn o’quv kurslarining tavsifi va narxlari veb sahifada har biri uchun alohida ko’rsatilgan bo’ladi. Foydalanuvchi o’zi tanlab to’lovni amalga oshiradi.
7.2. Foydalanuvchi shartnomaning 7.1-bandiga asosan tanlagan o’quv kursi uchun to’lovni oldindan to'liq to'laydi. Shartnomada aniq belgilangan holatlardan yoki foydalanuvchi va virtualdars.uz tomonidan alohida kelishilgan holatlar bundan mustasno. Foydalanuvchi o’quv kursi sahifasida ko’rsatilgan pul to’lovlarini virtualdars.uz tomonidan jalb qilingan onlayn to'lov xizmatining dasturiy vositalari yordamida o'tkazadi. Bunda tomonlar xizmatlar, agregatorlar va/yoki to'lovlarni yetkazib beruvchilar ushbu pul mablag'larini o'tkazish uchun haq olib qolishlariga rozilik bildiradi.
7.3. Agar foydalanuvchi Shartnomaning 7.1-bandida ko'rsatilgan xizmat haqini to'lamagan bo'lsa virtualdars.uz Shartnomadagi xizmatlarini ko'rsatmaslik huquqiga ega.
7.4. Xizmat haqi to'langanidan so'ng o’quv kursi sotib olingan hisoblanadi. Agar foydalanuvchi xizmatning taqdim etilishini rad etsa, sayt materiallaridan foydalanish imkoni ochilganligi va to’lov uchun xizmat ko’rsatish to’liq amalga oshirilganligi sababli to’langan mablag'lar to’lovchiga qaytarilmaydi.

8. TOMONLAR JAVOBGARLIGI VA XIZMATDAN FOYDALANISH QOIDALARINI BUZISH

8.1. virtualdars.uz xizmati shartnoma bo’yicha majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, onlayn o’quv kursi xizmatlarini ko’rsatishning e‘lon qilingan sifati, ularni ko’rsatish muddatlari va kamchiliklarini bartaraf etish muddatlarining buzilganligi uchun O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari yoki ushbu Shartnomada ko’zda tutilgan tartib va miqdorda javobgar bo’ladi.
8.2. Agar foydalanuvchi Shartnoma shartlarini, O’zbekiston Respublikasi qonunlarini, axloq va odob normalarini yoki texnik talablarni buzsa, virtualdars.uz foydalanuvchining Shaxsiy kabinetini bloklash yoki o'chirish, Saytga, o’quv kursi materiallarining ba’zi yoki barcha funksiyalaridan foydalanishni sababini tushuntirmasdan ta’qiqlash yoki cheklash huquqiga ega.
8.3. virtualdars.uz faqatgina o’z xato kamchiliklari uchun javobgarlikni zimmasiga oladi.
8.4. virtualdars.uz foydalanuvchi qurilmasidagi dasturiy ta'minoti (tizim vositalari)ning soz ishlashini ta'minlamaydi. Bunday dasturiy ta'minotlarni foydalanuvchi o’zi sotib oladi va/yoki o’rnatadi.
8.5. Sayt va uning dasturiy ta'minoti, shu jumladan Shaxsiy kabinet taqdim etiladi. virtualdars.uz saytiga kirishni ta'minlaydigan simli va simsiz aloqa operatorlariga, ularning filiallari, yetkazib beruvchilari, xizmat agentlarining ish sifatiga, xizmatiga hech qanday kafolat bermaydi.
8.6. virtualdars.uz sayt va shaxsiy kabinet interfeysi foydalanuvchilarning talablariga mos kelishini, uchinchi tomonga bog’liq bo’lgan holatlarda Saytga va Shaxsiy kabinetga kirishni doimiy, tez, ishonchli va xatosiz taqdim etilishini kafolatlamaydi.
8.7. Foydalanuvchilarning saytga va/yoki shaxsiy kabinetga kirish imkoniyati bo'lmaganligiga olib kelgan, virtualdars.uz yoki foydalanuvchi tomonida sodir bo'lgan dasturiy ta'minot va apparat xatolari, shartnomaga muvofiq xizmat majburiyatlarini bajarmaslik uchun javobgarlikdan ozod qilish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
8.8. Foydalanuvchi tuzilgan shartnomada ko'zda tutilgan majburiyatlarni va taqiqlarni buzgan holda, virtualdars.uz shartnomani bajarishdan bosh tortish huquqiga ega.

9. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI.

9.1. Bajarish bilan bog'liq bo'lgan barcha nizolar, tortishuvlar va shikoyatlar, shartnomani bekor qilish holatlarni tomonlar muzokaralar orqali hal qilishga harakat qilinadi. Shikoyatlar va/yoki kelishmovchiliklar yuzaga kelganda tomonlar Shartnomaning 9.1 bandiga ko’ra boshqasiga xabar jo'natadi;
9.2. Xabarga javob yuboruvchi tomon tegishli xabar kelgan paytdan e'tiboran 30 (o'ttiz) kun ichida qaror qabul qilmasa yoki tomonlar paydo bo'lgan har qanday da'vo va/yoki kelishmovchiliklar haqida kelishuvga kelmasa, amaldagi qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, nizo virtualdars.uz joylashgan joyidagi sud tomonidan hal etilishi kerak.

10. FORS-MAJOR

10.1. Ushbu Shartnoma maqsadlari uchun «Fors-major» Fors-major to’g’risida e‘lon qilayotgan tomon barcha oqilona xatti-harakatlariga qaramay, oldini olish, yengib o’tish yoki cheklash imkoniyatiga ega bo’lmagan qandaydir voqea-hodisani bildiradi, shu jumladan, urush, ommaviy tartibsizliklar, ish tashlashlar, davlat hokimiyati organlarining qarorlari, embargo, yong’inlar, portlashlar, suv toshqinlari yoki boshqa tabiiy ofatlar, ushbu voqea-hodisa O’zbekiston Respublikasida yoki uning tashqarisida sodir bo’lganligidan qat‘i nazar. Ammo pul yo’qligi yoki yetishmasligi fors-major holati bo’lib hisoblanmasligi sharti bilan.
10.2. Istalgan fors-major holati yuzaga kelganda, ushbu shartnoma bo’yicha qaysidir majburiyatning (pul to’lash to’g’risidagi majburiyatdan tashqari) Tomon tarafidan bajarilishi bunday fors-major holatiga taalluqli bo’lsa, «Ziyon ko’rgan tomon» darhol ikkinchi tomonni fors-major holatlarining mavjudligi, boshqa tomonga ziyon va zararni kamaytirish va ziyon ko’rgan tomonga ushbu shartnoma bo’yicha majburiyatlarni bajarish qobiliyatini tiklash uchun barcha kerakli choralarni ko’rish to’g’risida yozma shaklda xabardor qiladi («Fors-major to’g’risida bildirish»).
     Fors-major to’g’risidagi bildirish:
     a) Fors-major voqea-hodisasini ko’rsatishi;
     b) Ziyon ko’rgan tomonning o’z majburiyatlarini bajarish qobiliyatiga uning ta‘sirini oqilona tafsilotlar bilan tavsiflash;
     v) ushbu tomon tarafidan boshqa tomonga yetkaziladigan ziyon yoki zararni kamaytirish va ziyon ko’rgan tomonning ushbu shartnoma bo’yicha majburiyatlarni bajarish qobiliyatini tiklash uchun ko’riladigan choralarni tavsiflash.
10.3. Yuzaga kelgan favqulodda holatlar to’g’risida bildirmaslik yoki o’z vaqtida xabar qilmaslik tegishli tomonni shartnoma bo’yicha majburiyatlarning bajarilmaganligi uchun uni javobgarlikdan ozod qiluvchi asos sifatida bu holatlardan biriga havola qilish huquqidan mahrum qiladi.
10.4. Agar fors-major bilan bog’liq holda tomonlardan biri ushbu shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlarining bajarilishini kechiktirsa, bunday kechiktirish davri ushbu shartnomada ko’zda tutilgan muddatlarni hisoblashda hisobga olinmaydi va bu tomon fors-major holati sabab bo’lgan bajarmaslik doirasida shartnoma bo’yicha olingan majburiyatning kechiktirib bajarganligi uchun haqli deb topiladi, ammo fors-major tufayli tomonlardan biri fors-major to’g’risidagi bildirish uzatilganidan keyin oltmish (60) kun davomida o’z majburiyatlaridan qaysi birlarini bajara olmasa, tomonlar ushbu fors-major holatining oqibatlarini aniqlash uchun darhol maslahatlashishlari va vaziyatga bog’liq holda tomonlarning ixtiyoriga ko’ra kerakli choralarni qabul qilishlari kerak. Agar tomonlar fors-major to’g’risida bildirish topshirilgan kundan boshlab to’qson (90) kun davomida o’zaro maqbul choralar bo’yicha bitimga kelishmasa, tomonlardan har biri ushbu shartnomani bekor qilishi mumkin

11. YAKUNIY QOIDALAR

11.1. Tomonlar ushbu shartnomani bajarishda (o'zgartirish, qo’shimcha kiritish, bekor qilish), shuningdek boshqa masalalar bo'yicha yozishmalar o'tkazishda tomonlarning imzosining analoglaridan foydalanishga ruxsat berishlarini tasdiqlaydi. Tomonlar imzolangan (oferta va aksept)dan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish doirasida barcha bildirishnomalari, xabarlari, shartnomalari va hujjatlari Tomonlar uchun yuridik kuchga ega va bajarish uchun majburiydir. Imzosining analoglari sifatida shaxsiy kabinetdagi ro’yhat yozuvlari va tasdiqlangan elektron pochta manzili hisoblanadi.
11.2. Tomonlar vakolatli elektron pochta manzili va shaxsiy kabinet orqali yuborilgan barcha bildirishlar, xabarlar, bitimlar, hujjatlar va xatlar teskarisi aniq ko'rsatilmagan bo’lsa tomonlar tomonidan yuborilgan va imzolangan deb hisoblanadi.
11.3. Tomonlar elektron pochta manzilini vakolatli deb tan oladilar:
     11.3.1. virtualdars.uz uchun: virtualdars.uz@gmail.com;
     11.3.2. Foydalanuvchilar uchun saytda ro’yxatdan o’tishda ko’rsatilgan elektron pochta manzili.
11.4. Tomonlar vakolatli elektron pochta manzili va shaxsiy hisobga kirish uchun zarur bo'lgan axborot va ma'lumotlarning maxfiyligini ta'minlashga, uchinchi shaxslarga bunday ma'lumotlarni oshkor qilinishiga yo'l qo'ymaslik majburiyatini oladi.
11.5. Foydalanuvchi tomonidan maxfiylikni buzganligi to'g'risida ma'lumot olinmaguncha, vakolatli manzil orqali amalga oshirilgan va yuborilgan barcha harakatlar va hujjatlar bu kabi harakatlar va hujjatlar bo'lsa ham, foydalanuvchi shaxsiy kabineti va elektron pochta manzili tomonidan boshqarilgan va yo'naltirilgan deb hisoblanadi. Bunday vaziyatda huquq va majburiyatlar, shuningdek mas’uliyat ham foydalanuvchi tomonda bo’ladi.
11.6. Maxfiylikni buzganlik to'g'risida ishonarli ma'lumot olinmaguncha virtualdars.uzda ro’yxatdan o’tgan elektron pochta manzili orqali yuborilgan va jo'natilgan barcha harakatlar va hujjatlar, hatto bunday harakatlar va hujjatlar boshqa shaxslar tomonidan sodir etilgan va yuborilgan bo'lsa ham, mukammal hisoblanadi.

12. SHARTNOMA SHARTLARINI O’ZGARTIRISH

12.1. virtualdars.uz bir tomonlama ofertaning shartlarini o'zgartirish huquqiga ega va ushbu o'zgarishlar Internetda http://virtualdars.uz/home/privacy_policy saytida e'lon qilinganidan keyin kuchga kiradi. Shu bilan birga, Shartnomaning eski versiyasiga asosan to’lovlarlar to'lanishi Shartnomaning yangi nashrini chop etishdan oldin amalga oshirilgan bo'lsa, o’quv kursi xizmatini taqdim etish muddati tugagunga qadar tomonlar uchun amal qiladi.
12.2. Shartnoma tomonidan hal qilinmagan barcha boshqa masalalar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari asosida hal qilinadi.

13. SHARTNOMA MUDDATI

13.1 Ushbu shartnomaning amal qilish muddati uni tuzish (Ofertani akseptlash sanasi) (3.2.-band) paytidan boshlanadi va tomonlarning ushbu shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarib tugatish vaqtigacha yoki uning to’xtatilishigacha amal qiladi. Agar boshqacha qoidaga tomonlar kelishmagan bo’lsa, ushbu shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.